» » Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga pul mukofotlarini topshirish marosimlari bo‘lib o‘tmoqda

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga pul mukofotlarini topshirish marosimlari bo‘lib o‘tmoqda


Farg‘ona viloyatida 9-may — Xotira va qadrlash kuni hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 73 yilligi munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga pul mukofotlarini tantanali topshirish marosimlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Farg‘ona shahrining Amir Temur nomidagi mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Urmus Bekirova xonadonida bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev Prezident sovg‘asi — 5 million so‘m pul mukofoti, viloyat hokimligining esdalik sovg‘alarini tantanali ravishda topshirdi.

“Prezidentimiz tomonidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikdan ko‘nglimiz tog‘dek ko‘tariladi, — deydi urush va mehnat faxriysi U. Bekirova. — Urush yillarining qiyinchiliklarini eslaganimda, bugungi tinch-osoyishta va farovon o‘tayotgan har bir kunimiz uchun shukronalar aytaman. Turli uchrashuvlarda yoshlarga o‘tmish xotiralarim, hayot tajribam haqida so‘zlab, bugungi dorilomon kunlarning qadriga yetishni, yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishni nasihat qilaman”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2018, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют