» » Toshkentda Xitoy kinosi kunlari boshlandi

Toshkentda Xitoy kinosi kunlari boshlandi


Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida Xitoy kinosi kunlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tadbirda Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi, Xitoy milliy madaniy markazi vakillari, XXRdan tashrif buyurgan mehmonlar, kino sohasi ijodkorlari, kinoshunoslar, jurnalistlar ishtirok etdi.

Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tadigan tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ikki mamlakat o‘rtasidagi filmlar almashinuvini tashkil etish, O‘zbekiston va Xitoy kinoijodkorlarini jalb etgan holda, qo‘shma filmlar suratga olish, multiplikatsiya sohasida hamkorlik qilish. Shuningdek, Xitoyda ham o‘zbek kinosi kunlarini o‘tkazish va u yerdagi nufuzli xalqaro kinofestivallarda o‘zbek filmlarining ishtiroki uchun shart-sharoit yaratishdan iborat.

O‘zbekistonlik kino ixlosmandlari uchun xitoylik kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan “Pul yo‘lda yugurmoqda” va “Yangi uzilgan gullar” filmlari namoyish etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют