» » Sibir boshqaruv instituti delegatsiyasi O‘zbekiston milliy universitetida uchrashuvlar o‘tkazdi

Sibir boshqaruv instituti delegatsiyasi O‘zbekiston milliy universitetida uchrashuvlar o‘tkazdi


24-aprel kuni Rossiya prezidenti huzuridagi Sibir boshqaruv instituti professorlaridan tashkil topgan ilmiy delegatsiya O‘zbekiston milliy universitetiga tashrif buyurdi. Bu haqda “Daryo”ga universitet vakillari ma’lum qildi.

Ilmiy delegatsiya a’zolaridan siyosiy fanlar nomzodi Nikolay Taushkanov sirtqi va masofaviy ta’lim fakulteti dekani ikki ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik masalalari, bakalavr, magistr kadrlar almashinuvi, PhD ilmiy darajasini olish, malaka oshirish va stajirovka hamda turli xil muddatlarga mo‘ljallangan ta’lim kurslari bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi, bunda chet elliklarga, xususan, o‘zbek yoshlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgani va maxsus lgotalar mavjudligini ta’kidladi.

Professor V.V. Demidov o‘z chiqishida O‘zMU bilan hamkorlikda o‘quv-metodik qo‘llanmalarni chop etish, xalqaro konferensiyalar tashkil qilish taklifini berdi.

Shuningdek, ilmiy delegatsiya O‘zMU Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori bilan memorandum imzolash, hamkorlik yo‘l xaritasini ishlab chiqish masalalarida kelishib oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 93) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют