» » Samarqandda yosh hunarmandlar mahsulotlari ko‘rgazma tanlovi o‘tkazildi

Samarqandda yosh hunarmandlar mahsulotlari ko‘rgazma tanlovi o‘tkazildi


Samarqandda “Amaliy san’at – istiqbolli yoshlar qo‘lida” nomli respublika yosh hunarmandlar mahsulotlari ko‘rgazma tanlovi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Respublika “Hunarmand” uyushmasi tashabbusi bilan qator tashkilotlar hamkorligida ilk bor tashkil etilgan tanlovda mamlakatning barcha hududlaridan dastlabki bosqichda g‘olib bo‘lgan 28 nafar yosh hunarmand qatnashdi.

Tanlov mamlakatda mavjud hunarmandchilik maktablari an’analarini asrash va qayta tiklash, bu borada faoliyat olib borayotgan iste’dodli yoshlarni aniqlash hamda qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Tanlov g‘oliblari va faol ishtirokchilar “Eng yosh mohir hunarmand”, “Yangi innovatsion loyihalardan foydalangan hunarmand”, “Eng yosh hunarmand qiz” kabi nominatsiyalar bo‘yicha tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют