» » “Real Madrid” safarda “Bavariya” ustidan irodali g‘alabaga erishdi

“Real Madrid” safarda “Bavariya” ustidan irodali g‘alabaga erishdi


24-aprel sanasida Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finali dastlabki uchrashuvi doirasida “Liverpul” o‘z maydonida “Roma”ni qabul qilib, 5:2 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Oradan bir kun o‘tib, ikkinchi yarim final juftligida “Bavariya” o‘z maydonida Madridning “Real”ini qabul qildi. Uchrashuvda hisob mezbonlar tomonidan 28-daqiqada ochildi. Gol muallifi Kimmix bo‘ldi. Birinchi bo‘lim so‘nggida Marselo chiroyli zarba yo‘llab, hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirdi. Ikkinchi bo‘limda Iskoning o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Marko Asensio 57-daqiqada o‘zi boshlagan hujumni yakunlab, “Real”ning safarda g‘alaba qozonishini ta’minladi.

Qur’aga ko‘ra yarim finalning javob bahslari 1—2-may kunlari o‘tkazilishi belgilangan. Final 26-may kuni Kiyevdagi “Olimpiyskiy” stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Yevropa Chempionlar Ligasi

1/2 final dastlabki bellashuvi

24-aprel, seshanba

Gollar 1:0 – 35 Saloh, 2:0 – 45 Saloh, 3:0 – 56 Mane, 4:0 – 61 Firmino, 5:0 – 68 Firmino, 5:1 – 81 Jeko, 5:2 – 85, penalti Perotti.

25-aprel, chorshanba

Gollar: 1:0 – 28 Kimmix, 1:1 – 44 Marselo, 1:2 – 57 Asensio.

“Bavariya”: Ulrayx, Xummels, Boateng (Zyule, 34), Rafinya, Martines (Tolisso, 75), Robben (Alkantara, 8), Kimmix, Xames, Riberi, Levandovski, Myuller.

“Real Madrid”: Navas, Varan, Marselo, Karvaxal (Benzema, 67), Ramos, Kroos, Kazemiro (Kovachich, 83), Vaskes, Modrich, Isko (Asensio, 46), Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Riberi (52), Kazemiro (78), Alkantara (89).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2018, 01:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют