» » Hi-Tech Bank Bosh prokuratura tomonidan e’lon qilingan xabarga javob qaytardi

Hi-Tech Bank Bosh prokuratura tomonidan e’lon qilingan xabarga javob qaytardi


Ayni vaqtda Hi-Tech Bank xususiy aksiyadorlik tijorat bankiga nisbatan huquq-tartibot va nazorat organlari tomonidan hech qanday tekshiruvlar amalga oshirilmayapti. Bu haqda UZ24 nashri bank ma’muriyatiga asoslanib ma’lum qildi.

Avvalroq, Bosh prokuratura Hi-Tech Bank nomi tilga olingan xabarni e’lon qilgandi. Unda ikki nafar fuqaro firibgarlik yo‘li bilan Hi-Tech Bank’ning mansabdor shaxslaridan 500 ming dollar olganligi yozib o‘tilgan. Buning evaziga ular o‘tkazilgan tekshirishlarda aniqlangan kamchiliklarni kamaytirib ko‘rsatish hamda ularga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish chorasini qo‘llamasdan, yengillik berishni va’da qilgan.

Bu voqea aynan qachon sodir bo‘lganligi Bosh prokuraturaning xabarida aniqlik kiritilmagan.

“Hozirgi aksiyador va bank rahbariyati Bosh prokuratura xabarida bayon etilgan dalil va hujjatlardan bexabar”, — deyiladi bankning rasmiy bayonotida.

Bank ma’muriyatining ta’kidlashicha, 2016-yilda Hi-Tech Bank’ning aksiyadorlar va rahbar shaxslari tarkibi to‘liq o‘zgargan. Shuningdek, aksiyadorlar tarkibiga xorijlik investorlar ham jalb etilgan.

“Ushbu vaqtdan beri bankka nisbatan huquq-tartibot organlari tomonidan tekshiruvlar amalga oshirilmadi va bank xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilmagan”, — deya ta’kidlanadi bayonotda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют