» » Turkiya prezidenti O‘zbekistonga tashrifining aniq sanasi ma’lum qilindi

Turkiya prezidenti O‘zbekistonga tashrifining aniq sanasi ma’lum qilindi


Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on O‘zbekistonga tashrif buyurishi haqida xabar berilgandi. Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov o‘zining Facebook’dagi sahifasida tashrif sanasiga aniqlik kiritdi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 29-aprel kuni O‘zbekistonga keladi.

30-aprel kuni Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilinadi. 1-may kuni Turkiya prezidentining Buxoroni ziyorat qilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga 2017-yil oktabrda uyushtirgan davlat tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqqan edi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют