» » Toshkentda suv resurslarining integratsiyalangan boshqaruvi bo‘yicha trening o‘tkazildi

Toshkentda suv resurslarining integratsiyalangan boshqaruvi bo‘yicha trening o‘tkazildi


24—25-aprel kunlari Toshkent shahrida suv resurslarining integratsiyalangan boshqaruvi (SRIB) tamoyillarini joriy etish bo‘yicha ikki kunlik hududiy trening o‘tkazildi. Bu haqda trening tashkilotchilari “Daryo”ga ma’lum qildi.

“Joylarda SRIB tamoyillarini joriy etishning institutsional asoslari: Havzaviy kengashlar” treningi AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazi (MOMEM) hamda O‘zbekiston suv xo‘jaligi vazirligining hamkorlikdagi “Suv, ta’lim va hamkorlik” (Smart Waters) loyihasi doirasida tashkil etilgan.

Tashkilotchilarning so‘ziga ko‘ra, mazkur treningni o‘tkazishdan maqsad – joylarda SRIB tamoyillarini joriy etishning institutsional asosi sifatida havzaviy kengashlarni yaratish va ularning faoliyat yuritishi asoslarini nazariy va amaliy jihatlari bo‘yicha ta’lim berish, jahon tajribasini o‘rganish hamda Markaziy Osiyo davlatlarida tashkil etilgan havzaviy kengashlar faoliyati bo‘yicha tajriba almashishdan iborat. Nazariy ma’lumotlar bilan birga qatorda trening chog‘ida kichik daryolarda havzaviy kengashlarni yaratishga xizmat qiluvchi katta xajmdagi amaliy instrumentlar taqdim etilmoqda.

“AQSh O‘zbekiston va butun dunyo bo‘ylab suv resurslarining integratsiyalangan boshqaruvidek samarali suv siyosatini targ‘ib etishga ko‘maklashadi. Buni amalga oshirish uchun havza kengashlari kabi institutlar zarur, ular idoralararo muloqotni yo‘lga qo‘yishga va mahalliy hamjamiyatlarga suv resurslarini samarali boshqarishga yordam beradi”, – deb ta’kidladi USAID’ning O‘zbekistondagi direktori Geri Robbins.

Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afg‘onistonning suv xo‘jaligi sohasidagi vazirlik va idoralari, mintaqaning ilmiy-tadqiqot institutlari hamda hududning havzalar bo‘yicha tashkilotlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari tadbir ishtirokchilariga aylandi. Umumiy hisobda 60 ga yaqin kishi yig‘ildi.

Ikki kunlik trening MOMEM mutaxassislari hamda Stokgolm xalqaro suv instituti (SIWI) va Suv resurslari xalqaro instituti (IWMI) mutaxassislari tomonidan o‘tkazildi.

“Bunday mintaqaviy tadbirlar Markaziy Osiyo va Afg‘oniston mutaxassilari o‘rtasida suv resurslarini barqaror boshqarishning dolzarb masalalari yechimini topish uchun muloqot o‘rnatishga yordam beradi. Havzaviy kengashlarni tuzish zaruratini anglab yetish suv resurslarini himoya qilish va ushbu masalaga oqilona yondoshuvni ta’minlash jarayonini mustahkamlashga xizmat qiladi”, – ta’kidladi MOMEMning O‘zbekistondagi filiali direktori Shahnoza Umarova.

Ikki kunlik ta’limiy seminar yakuniga ko‘ra barcha tinglovchilar sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.

USAID tomonidan moliyalashtirilayotgan Smart Waters loyihasi Markaziy Osiyo davlatlari va Afg‘onistonda MOMEM tomonidan 2015- yildan beri amalga oshirilmoqda. Loyihaning maqsadi suv resurslarini barqaror boshqarish masalalari bo‘yicha strategik tavsiyalar berish, o‘zaro hamkorlikning professional tarmog‘ini yaratishni qo‘llab-quvvatlash hamda salohiyatni oshirish va mintaqaviy muloqotni rivojlantirishdan iborat.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют