» » Schneider Electric oradan 5 yil o‘tib yana O‘zbekistonga qaytishga qaror qildi

Schneider Electric oradan 5 yil o‘tib yana O‘zbekistonga qaytishga qaror qildi


Schneider Electric’ning Rossiya va MDHdagi direktori Yoxan Vanderplaets kompaniya O‘zbekistonga qaytishga qaror qilganligini ma’lum etdi. Bu haqda “Kommersant” nashriga tayanib, Spot xabar berdi.

Vanderplaetsning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekiston yangi ma’muriyat kelgani sabab yangidan ochilmoqda.

“Biz Schneider bilan birgalikda 5 yil burun O‘zbekistondagi biznes-iqlim sababli o‘z faoliyatimizni yopgan bo‘lsakda, yana qaytishga qaror qildik”, — deydi Yoxan Vanderplaets.

Yoxanning aytishicha, katta aholi va ulkan potensialga ega O‘zbekiston biznesga yana ochilmoqda: “Bu barchamiz uchun ajoyib yangilik”, — deya ta’kidlaydi Vanderplaets.

Schneider Electric energiya boshqaruvi va avtomatizatsiyasi bo‘yicha dunyodagi yetakchi ekspert hisoblanadi. 160 000 dan ortiq xodim faoliyat yuritadigan kompaniyaning 2015-yildagi kapital aylanmasi 27 milliard yevroni tashkil etgan bo‘lib, u dunyoning 100 ga yaqin davlatlarida ish yuritadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют