» » Shavkat Mirziyoyev Shuhrat Abbosovning yaqinlariga ta’ziya izhor etdi

Shavkat Mirziyoyev Shuhrat Abbosovning yaqinlariga ta’ziya izhor etdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalq artisti, taniqli kinorejissor Shuhrat Abbosovning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor etdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Taniqli rejissor 25-aprel kuni olamdan o‘tdi.

Shuhrat Abbosov 1931-yilning 16-yanvarida Qo‘qonda tavallud topgan. 1949-yilda Toshkent tibbiyot texnikumini, 1954-yilda Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutining rejissorlik fakultetini tamomlagan.

Shuhrat Abbosov o‘zbek kinosida o‘zgacha yangilik qilgan, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha alohida o‘rin egallagan rejissor edi. Uning “Mahallada duv-duv gap” (1960), “Sen yetim emassan” (1962), “Toshkent – non shahri” (1967), “Abu Rayhon Beruniy” (1974), “Olovli yo‘llar” (1977—1985), “Otamdan qolgan dalalar” (1997), “Dilor, Dilor, dil va or” (2015) kabi filmlarini o‘zbek xalqi haligacha sevib tomosh qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют