» » Samsung Galaxy X’ning konseptual videosi yaratildi (video)

Samsung Galaxy X’ning konseptual videosi yaratildi (video)


Samsung kompaniyasi 2019-yilning boshlarida egiluvchan smartfon ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish niyatida ekanligi haqida gap-so‘zlar tarqalgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma 3 ta ekranga — bitta tashqi va 2 ta ichki ekranga ega bo‘ladi. Ushbu ma’lumotdan foydalangan AndroidLEO dizaynerlari yangi modelning konseptini ishlab chiqdi va uning videosini taqdim etdi, deya ma’lum qiladi Hi-Tech.Mail.Ru.

Videodagi qurilmada ikkita displey mavjud. Birinchisi — bu 6,4 dyuymli UHD-displey bo‘lib, u “murakkab” rejimda ishlaydi. Ikkinchi va uchinchisi — 6,5 dyuymli QHD-displeyi esa gadjet ochilib, Galaxy X noutbukka aylantirilganida yoqiladi.

Noutbuk rejimida uni 360 darajaga burish mumkin. Konseptning to‘liq funksional klaviaturasi mavjud bo‘lgani sabab, odamlar Galaxy X’dan xuddi noutbukdan foydalangandek bo‘ladi. Smartfon rejimida qurilma yengilashtirilgan Windows 10 operatsion tizimida ishlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют