» » Rossiya O‘zbekistonga bir necha million dollarlik zemsnaryad va ekskavatorlar yetkazib beradi

Rossiya O‘zbekistonga bir necha million dollarlik zemsnaryad va ekskavatorlar yetkazib beradi


“Rossiya eksport markazi” va O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligi O‘zbekistonga zemsnaryad sotib olishni muhokama qildi. Bu haqda Rossiya eksport markazining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Dmitriy Proxorenkoga asoslanib, Sputnik xabar berdi.

“Biz vazirlik bilan Chelyabinskdagi nostandart mashinalar zavodidan asbob-uskuna va bir necha zemsnaryadlar yetkazib berishni muhokama qildik. Buyurtmaning umumiy qiymati 23—25 million dollarni tashkil qiladi”, — dedi Proxorenko.

Zemsnaryad – bu maxsus yasalgan kichik kema (barja) bo‘lib ular suv havzalari tubini chuqurlashtirish, suv ostidan yer va qum qazib olishga mo‘ljallangan. O‘zbekistonda zemsnaryadlardan kanallar va daryolar tubini chuqurlashtirish uchun foydalanish rejalashtirilshgan.

Proxorenko aytishicha, Rossiya ekskavatorlarini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha yana bir shartnoma yakuniy bosqichda ko‘rib chiqilmoqda.

“Katta hajmdagi texnika Ivanovodagi ‘KRANEKS’ guruhi tomonidan yetkazib beriladi. Hozir bir ushbu loyiha uchun kredit ajratilishini kutib turibmiz”, — deydi Proxorenko.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktabrida Rossiya eksport markazi direktori Pyotr Fradkov O‘zbekistondagi loyihalarga milliard dollargacha kredit ajratish rejalashtirilganini xabar qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют