» » AQShdagi do‘konlar tarmog‘i Tramp qizining firmasi ishlab chiqargan kiyim-kechaklarni sotib olishdan bosh tortdi

AQShdagi do‘konlar tarmog‘i Tramp qizining firmasi ishlab chiqargan kiyim-kechaklarni sotib olishdan bosh tortdi


AQShda ommabop bo‘lgan Nordstrom univermaglar tarmog‘i prezidentning qizi Ivanka Tramp firmasining kiyim-kechaklarini sotib olishdan bosh tortdi, deb yozadi “TASS”. Bu tovarlar shu yilning kuzida ochiladigan navbatdagi mavsum assortimentiga kiritilmagan.

Nordstrom o‘z qaroroni brendning yaxshi sotilmasligi bilan izohladi. “Biz sotib olish haqidagi qarorimiz savdolar natijalariga asoslanishini doim aytib kelganmiz. Bizda minglab turli brendlar buyumlari sotiladi, shu jumladan, saytning o‘zida 2 mingdan oshiq brend bor”, — deya ma’lum qildi tarmoqning matbuot xizmati.

“Har yili biz taxminan 10 foizini saralab olamiz va o‘z assortimentimizni shuncha miqdordagi tovarlar bilan yangilaymiz. Bu holda savdo ko‘rsatkichlarini hisobga olib, biz kelasi mavsumda ushbu brendni sotib olmaslikka qaror qildik”, — deya qo‘shimcha qilishdi Nordstrom’dagilar.

Опубликовано: admin (3-02-2017, 12:20)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют