» » O‘zbekiston yo‘lsozlari 2018-yilning ilk uch oyida yo‘l yoqalariga 230 mingga yaqin nihol ekdi

O‘zbekiston yo‘lsozlari 2018-yilning ilk uch oyida yo‘l yoqalariga 230 mingga yaqin nihol ekdi


Milliy matbuot markazida 25-aprel kuni O‘zbekiston Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun “Avtomobil yo‘llari qurish ishlari sifatini oshirish, yo‘llardan foydalanish jarayoniga kompleks yondashuv” mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi, deya xabar bermoqda davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

Anjumanda qayd etilganidek, O‘zbekiston Prezidentining 2017-yilning 11-sentyabrdagi “Avtomobil yo‘llarining arxitektura-landshaft qurilishi va ko‘kalamzorlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” unitar korxonasi va uning viloyatlardagi hududiy “Yo‘lko‘kalam” unitar korxonalari tashkil etilgan edi.

Prezident qarorida 2018-yil uchun respublika umumfoydalanish avtomobil yo‘llari bo‘ylaridagi chegara hududlariga 288 ming dona har xil turdagi manzarali, butasimon, igna bargli, baland va o‘rta bo‘yli daraxt ko‘chatlari ekilishi belgilab qo‘yilgan edi.

Qo‘mita vakillarining ma’lum qilishicha, 2018-yilning birinchi choragi davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlardagi mavjud umumfoydalanish avtomobil yo‘llari chegarasiga tutash yo‘l bo‘yi hududlarida 505,1 kilometr uzunlikda ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari olib borildi va 230 ming donaga yaqin nihollar ekildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют