» » Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi


2018 yil 26-aprel kuni 15:00da Toshkent shahar hokimligida bosh vazir ishtirokida navbatdan tashqari 35-sessiyada, Toshkent shahar hokimi lavozimiga Jahongir Ortiqxo‘jayevning nomzodi ko‘rsatildi. Deputatlar ushbu nomzodni bir ovozda tasdiqladi. Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Jahongir Ortiqxo‘jayev 1975-yil 2-yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 1991—1996-yillarda Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetida tahsil olgan. Mutaxassisligi iqtisodchi. 2015-yil “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan. Toshkent shahri “Artel Injiniring” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori lavozimida ishlab kelgan

Avvalroq, 2012-yildan beri Toshkent shahar hokimi lavozimida faoliyat yuritgan Rahmonbek Usmonov o‘z vazifasidan ozod etilgani, u Avtomobil transporti agentligi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2018, 16:28)
+1 (голосов: 3)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют