» » Pegasus O‘zbekistonda loukoster aviakompaniya tashkil etish istagini bildirdi

Pegasus O‘zbekistonda loukoster aviakompaniya tashkil etish istagini bildirdi


Turkiyaning Pegasus aviakompaniyasi O‘zbekistonda loukoster aviakompaniya tashkil etish niyatida. Bu haqda O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Istanbulda bo‘lib o‘tgan Global tadbirkorlik kongressida O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi vakillari va Pegasus aviakompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Ali Sabanji va aviakompaniya prezidenti Mehmet Nane o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

Suhbat davomida Ali Sabanji va Mehmet Nane O‘zbekistonda turizm va aviakompaniyalar rivoji uchun strategiya ishlab chiqish zarurligini, bunday takliflarni ishlab chiqishda faol ishtirok etishga tayyorligini bildirgan.

O‘z navbatida, Innovatsion rivojlanish vazirligi vakillari Pegasus rahbariyatini O‘zbekistonga taklif etib, tegishli idora va tashkilotlar bilan uchrashuvlar tashkil etishda ko‘maklashish, biznes takliflarni hayotga tatbiq etishda hamkorlikka tayyor ekanligini bildirgan.

Pegasus — Turkiya loukoster aviakompaniyasi bo‘lib, o‘z faoliyatini 1989-yilda boshlagan. Hozirgi vaqtda aviakompaniya laynerlari soni 70 dan oshadi. Shuningdek, u Qirg‘izistonning Air Manas loukosterining 49 foiz aksiyasiga egalik qiladi.

Avvalroq 2018-yil oxirigacha O‘zbekistonda milliy loukoster tashkil etilishi, unda, masalan, Toshkentdan Moskvaga uchish narxi taxminan 100 dollar bo‘lishi haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Savol-javob: Loukoster nima va undan O‘zbekistonga nima foyda?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют