» » Xitoy kompaniyasi Farg‘onada 206 million dollarga zavod quradi

Xitoy kompaniyasi Farg‘onada 206 million dollarga zavod quradi


Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumani Sho‘rsuv shaharchasida yiliga 1 million tonna sement va 33 million kvadrat metr gipsokarton ishlab chiqarishga mo‘ljallangan qo‘shma korxonalar tashkil etiladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

Bu borada Xitoyning “Pekin Kajshen Triumf” kompaniyasi va “Jo‘ydam ta’mir qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Loyihaning umumiy qiymati 206,83 million dollarni tashkil etadi va 10 yil ichida barcha soliq turlaridan davlatga 399 million dollar foyda keltirishi kutilmoqda. Mazkur loyihalarni amalga oshirish orqali 2000 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xomashyo mahsulotlari to‘liq mahalliy konlardan olinadi. Bu mahsulot tannarxining nisbatan arzon bo‘lishini ta’minlaydi. Mahsulotlarning asosiy qismi xorijiy davlatlarga, jumladan, qo‘shni mamlakatlarga eskport qilinadi.

Shartnomada loyihalardan olinadigan daromad hisobidan Shohimardonda ichki turizmni rivojlantirish hamda So‘x tumanida yangi ishlab chiqarish tarmoqlarini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

“Prezidentingizning xorijiy investorlarga O‘zbekistonda faoliyat yuritishi uchun keng yo‘l ochib berayotgani e’tirofga loyiq. Biz mavjud sharoitlardan juda mamnunmiz. O‘zbekiston dunyoning eng tez rivojlanayotgan 10 mamlakati qatoriga kirgani ham amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasidir,” – deydi “Pekin Kajshen Triumf” kompaniyasi direktorining o‘rinbosari Sao Yuy Bo.

“Pekin Kajshen Triumf” kompaniyasi sement va qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yirik va ishonchli sarmoyadorlardan sanaladi. Kompaniya dunyoning 37 mamlakatida o‘z korxonalariga ega.

Tez orada kompaniya tomonidan Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida kuniga ming tonna ohak ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yana bir qo‘shma korxona tashkil etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют