» » “Bunaqa toshbaqa qadamlar bilan turmush darajasini ko‘tara olmaymiz”. Shavkat Mirziyoyev Toshkent mas’ullariga olti oy muhlat berdi

“Bunaqa toshbaqa qadamlar bilan turmush darajasini ko‘tara olmaymiz”. Shavkat Mirziyoyev Toshkent mas’ullariga olti oy muhlat berdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi barcha tuman hokimlarini qattiq ogohlantirdi. Bu haqda, Prezident raisligida 26-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor tafsilotlariga asoslanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.

Prezident Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Jahongir Ortiqxo‘jayevni namuna qilib ko‘rsatgan.

Toshkent shahri hokimi etib kimni tayinlaganimizdan xulosa qilinglar. Munosib odamlar ko‘p. Oddiy, vatanparvar, hisob-kitobni biladigan, yangilikka intiladigan... Bitta kafolat — xalqimizni rozi qilish. Qanday qilib? Har kuni tashabbus, izlanish, intilish kerak. O‘tirib, ko‘zbo‘yamachilik qilgan ishlar kerak emas.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Davlat rahbari shahardagi barcha katta mas’ullarga olti oy muhlat bergan.

Toshkent shahridagi tumanlar hokimlari, rahbarlar xorijdan 1 mln dollardan investitsiya olib kelmasa, menga undaylar kerak emas. Hammani bo‘shataman. Yana 6 oy ko‘ramiz, bo‘lmasa Toshkentda bitta shahar hokimi qoladi, 11 yordamchi bo‘ladi. Soliq, militsiya, prokuror, hammasini qisqartirib tashlayman.

Yana bir marta aytaman: olti oy chidayman. Olti oy ichida o‘zgarish bo‘lmasa, hammasini yopamiz — bitta Toshkent shahar hokimi va 11 yordamchisi bo‘ladi. IIB ham, prokuror ham, soliq ham bo‘lmaydi. Bu o‘zgarishlar bekorga bo‘lmayapti. Aravani torta olmayapsizlar, hozirgi zamonga munosib bo‘la olmayapsizlar.

Toshkent shahridagi hamma rahbarlar bilsin: hammangizlar Xorazm viloyatining yangi hokimiga o‘xshab vaqtinchalik ishlayotganlar. Shuncha vaqtdan beri Toshkent bo‘yicha chidadim, lekin endi chiday olmayman.

Toshkentning bunday toshbaqa qadamlari bilan shahar xalqini munosib turmush darajasiga ko‘tara olmaymiz. Shuning uchun bunday o‘zgarishlarni qilishga majbur bo‘ldim.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Mavzuga doir: Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2018, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют