» » Toshkent bozorlarida 600 dona qalbaki 50 ming so‘mlik muomalaga kiritilgani aniqlandi (video)

Toshkent bozorlarida 600 dona qalbaki 50 ming so‘mlik muomalaga kiritilgani aniqlandi (video)


Davlat xavfsizlik xizmati qalbaki pullarni Toshkent viloyati va poytaxt aholisi o‘rtasida muomalaga kiritgan jinoiy guruh faoliyatini fosh etdi, deb xabar beradi UzNews.

Jinoiy guruh a’zolari Tohir Madaminov, Tursun Muhammadsharipov, Muzaffar Tojiboyev va Davron Rahimovlar 50 ming so‘mlik kupyurani qalbakilashtirish bilan shug‘ullangan.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda “Bektemir” postida umumiy qiymati to‘rt million to‘qqiz yuz ming so‘m bo‘lgan qalbaki 50 ming so‘mlik kupyuralarni Bo‘ka tumaniga olib o‘tishga uringan paytida fuqaro Muhammadsharipov qo‘lga olingan.

Keyinroq uning sheriklari ham qo‘lga olingan. Jinoiy guruh a’zolari dastlabki bosqichda tajriba tariqasida 30 million so‘m miqdorida qalbaki 50 ming so‘mliklarni ishlab chiqargan va dehqon bozorlarida muomalaga kiritgan. Tohir Madaminov muqaddam ayni shu jinoyatni sodir etgani uchun javobgarlikka tortilgan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2018, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют