» » Joriy yil 1-choragida ko‘rib chiqilgan jinoiy ishlar soni 4700 taga kamaydi

Joriy yil 1-choragida ko‘rib chiqilgan jinoiy ishlar soni 4700 taga kamaydi


Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan birinchi chorakda 14536 nafar shaxsga nisbatan 11071 ta ish ko‘rib chiqildi. Bu haqda Oliy sud rasmiy vakili Aziz Obidov “Gazeta.uz”ga xabar qildi.

Jumladan, 114 nafar shaxs oqlandi va reabilitatsiya qilindi, sudlangan shaxslar soni 10783 nafarni tashkil etib, shundan 2589 nafar shaxsga ozodlikdan maxrum qilish va 8194 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlandi.

Shuningdek, 1074 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlanishi munosabati bilan sud zalidan ozod qilindi, 7410 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 2320 nafariga tayinlangan jazosi yengili bilan almashtirildi, 2127 nafar shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravishda qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlandi.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan ayrim jinoyat turlari, xususan, qasddan odam o‘ldirish, nomusga tegish, bosqinchilik, talonchilik, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, o‘g‘rilik, pora olish va berish, pora olish- berishda vositachilik qilish, bezorilik, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish kabi jinoyatlari uchun sudlanganlik ko‘rsatkichlari kamaydi.

Hisobot davrida yarashuv institutining samarali qo‘llanilishi natijasida 2599 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etildi.

Yetkazilgan 92 milliard so‘mdan ziyod moddiy zararning o‘rnini qoplagan 1296 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan.

4423 ta jinoyat ishi, ya’ni barcha ishlarning 40 foizi sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют