» » Foto: Ostonada III Yevrosiyo xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi davom etmoqda

Foto: Ostonada III Yevrosiyo xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi davom etmoqda


Qozog‘istonning Ostona shahrida 25-aprel kuni boshlangan III Yevrosiyo xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi davom etmoqda. O‘zA tadbirdan reportaj taqdim etdi.

Xalqaro ko‘rgazma doirasida taniqli yozuvchi va shoirlar, madaniyat namoyandalari bilan uchrashuvlar, kitob targ‘ibotiga doir tadbirlar tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston milliy pavilyoni ko‘rgazma ishtirokchilari va tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Ko‘rgazma-yarmarkaning ikkinchi kuni O‘zbekiston milliy pavilyonida “Noshirlik faoliyatining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi: imtiyoz va preferensiyalar, kitob mutolaasi va targ‘ibotida zamonaviy usullar (“Kitob olami” ma’rifiy majmuasi misolida)” mavzuida davra suhbati, “Buyuk qozoq adibi Abay Qo‘nonboyev ijodiy merosi” mavzusida O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan 2018-yilda chop etilgan “O‘lan” she’riy to‘plami taqdimoti o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют