» » Foto: “Boysun bahori”ga tayyorgarlik

Foto: “Boysun bahori”ga tayyorgarlik


28–29-aprel kunlari Boysun tumanidagi Padang qishlog‘ida an’anaviy “Boysun bahori” ochiq folklor festivali o‘tkaziladi. Tashkilotchilarning puxta hozirlik ko‘rayotganliklaridan anglash mumkinki, bu yilgi tadbir ilgargilaridan keskin farq qiladi, deb yozmoqda O‘zA.

Padang qishlog‘ida har yilgidan-da o‘zgacha tayyorgarlik ko‘rildi. Tashrifi kutilayotgan 20 dan ortiq davlat hamda respublikaning turli hududlaridan keladigan mehmonlar uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.

Asosiy tadbirlar o‘tadigan 28–29-aprel kunlari asosiy sahnada respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan folklor-etnografik xalq ansambllari va badiiy jamoalar, ikkinchi sahnada esa viloyatning shahar va tumanlaridan 16 ta badiiy jamoa o‘zaro bellashadi.

Festival doirasida baxshilar ko‘rik-tanlovi, kurash musobaqalari, ko‘pkari, tosh ko‘tarish, arqon tortish, varrak sayli, xo‘roz, qo‘chqorlar jangi kabi qiziqarli xalq o‘yinlari tashkil etiladi.

Shuningdek, milliy liboslar, taomlar hamda yosh rassomlarning ijodiy ko‘rgazmalari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan turli aksiyalar o‘tkazish uchun ham alohida tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Festivalning yanada zavqli o‘tishini ta’minlash maqsadida tungi yoritish chiroqlari, to‘rtta uyali aloqa kompaniyasining yangi uskunalari o‘rnatilib, avtomobillar turarjoyi barpo etildi. Bayram o‘tadigan maydonda 100 dan ortiq o‘tov tikilib, ularda kosiblar, hunarmandlar, oshpazlar kabi 10 ga yaqin ovul tashkil etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2018, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют