» » Superliga. “Lokomotiv” 2 ta penaltidan urilgan gol sabab “Bunyodkor”ni mag‘lub etdi, “Nasaf” esa Olmaliqda ochko yo‘qotdi

Superliga. “Lokomotiv” 2 ta penaltidan urilgan gol sabab “Bunyodkor”ni mag‘lub etdi, “Nasaf” esa Olmaliqda ochko yo‘qotdi


26-aprel sanasida 8-tur uchrashuvlariga yakun yasaldi.

Kun taqvimidan ikki uchrashuv o‘rin olgandi.

Olmaliqda AGMK Qarshining “Nasaf” jamoasini qabul qildi. Uchrashuv tomonlarning golsiz durangi bilan yakunlandi.

Turning so‘nggi o‘yini Toshkentda “Bunyodkor” hamda “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Bellashuvning 1-bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limning 59-daqiqasida “Bunyodkor” a’zosi Muqimjon Toshmatov hisobni ochdi. 70-daqiqada hakam “qaldirg‘ochlar” darvozasiga penalti belgiladi. Marat Bikmayev esa vaziyatdan unumli foydalanib hisobni tenglashtirdi.

O‘yin yakunlanib borayotgan bir pallada uchrashuv hakami Marat Bikmayevga nisbatan qo‘pollik ishlatildi deb topib, “Bunyodkor” darvozasiga ikkinchi penaltini belgiladi. Uni ham jabrlanuvchining o‘zi aniq amalga oshirib, hisobni “Lokomotiv” foydasiga hal qildi.

Superliga

8-tur bellashuvlari

26-aprel, payshanba

AGMK: 33.Pavel Matyash, 2.Abduqahhor Xojiakbarov, 4.Xurshidbek Muxtorov, 5.Dilshod Jo‘rayev (s), 8.Muzaffarjon Muzaffarov (17. Kamoliddin Murzoyev 90) , 9.Zafar Polvonov (87. Vadim Chemirtan 75), 10.Shoxnazar Norbekov, 15.Vladimir Bubanya, 19.Vladislav Kasminin, 23.Yovan Jokich, 24.Javlon Guseynov.

“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 5.G‘olib G‘aybullayev, 6.Azizjon G‘aniyev, 7.Odiljon Hamrobekov, 10.Bobir Abduxoliqov (18. Bobur Abduholiqov), 22.Igor Golban (s), 27.Islom Rashidxonov (21. Jahongir Aliyev 73), 31.Saydullo Rahmatov, 55.Slavko Lukich, 77.Jasur Hasanov (52. Sherzod Temirov 88), 92.Umarbek Eshmurodov.

Ogohlantirishlar: Jasur Hasanov 50.

Gollar: 1:0 — 59 Toshmatov, 1:1 — 70, penalti Bikmayev, 1:2 — 86, penalti Bikmayev.

“Bunyodkor”: 25.Murodjon Zuhurov, 2.Rustamjon Ashurmatov, 4.Akramjon Komilov, 6.Anvar G‘ofurov, 8.Jovlon Ibrohimov (S), 11.Murodjon Toshmatov (15.Farruh Ikromov, 74), 18.Sardor Sobirxo‘jayev, 20.Mirg‘iyos Sulaymonov, 30.Xurshid G‘iyosov, 44.Mirjamol Qosimov (28.Davronbek Umirov, 57), 99.Filip Rayevas (9.Shahzodbek Nurmatov, 62)

“Lokomotiv”: 1.Ignatiy Nesterov, 5.Kaxi Maxaradze, 10.Marat Bikmayev (4.Boburbek Yuldoshev, 89), 15.Sardor Mirzayev, 19.Xusniddin G‘ofurov (7.Sadriddin Abdullayev, 68), 20.Islom To‘xtaxo‘jayev (S), 22.Sanjar Shoahmedov, 27.Sardor Rashidov, 28.Shuhrat Muhammadiyev, 33.Oleg Zoteyev, 88.Igor Yelich

Ogohlantirishlar: Rustam Ashurmatov 70, Javlon Ibrohimov 85.

Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng “Bunyodkor” 1-o‘rinni “Paxtakor” va “Buxoro”ga bo‘shatib berdi. “Nasaf” esa 4-o‘rindan joy oldi. “Lokomotiv” esa ochkolari sonini 11 taga yetkazib, 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2018, 01:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют