» » Eng kuchli Chevrolet Corvette 346 km/soat tezlikka erishdi

Eng kuchli Chevrolet Corvette 346 km/soat tezlikka erishdi


Chevrolet Corvette ZR1 superkari modelning eng kuchli talqini bo‘lib, soatiga 346 kilometr tezlikka erishgan. Bu haqda “Motor” xabar berdi.

Superkarning sinovlari Germaniyadagi Papenburg shahrida joylashgan poligonda bo‘lib o‘tgan. Avtomobil real tezlikka erishishi uchun uning orqa qismidagi qanot olib tashlangan va shu tariqa aerodinamik qarshilik kamaytirilgan.

Birinchi yurish vaqtida Chevrolet Corvette ZR1 soatiga 346 kilometr, ikkinchi yurishda esa soatiga 338 kilometr tezlikka erishgan. O‘rtacha tezlik soatiga 341 kilometrni tashkil qilgan.

Superkar 6,2 litr sig‘imli 765 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan. Mashina 2,85 soniyda 36 km/soat tezlikka chiqa oladi, 160 km/soat tezlikka erishishi uchun esa olti soniya kerak bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2018, 06:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют