» » Keyingi yillarda turkiyalik ishbilarmonlar bilan 10 dan ortiq qo‘shma korxona ishga tushirildi

Keyingi yillarda turkiyalik ishbilarmonlar bilan 10 dan ortiq qo‘shma korxona ishga tushirildi


Farg‘ona viloyatida iqtisodiyotning turli sohalarida 200 dan ziyod qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Xususan, keyingi yillarda turkiyalik ishbilarmonlar bilan 10 dan ortiq qo‘shma korxona ishga tushirildi. Shuningdek, “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida xorijliklar bilan hamkorlikda ko‘plab istiqbolli loyihalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda, deb yozadi O‘zA.

Turkiyalik tadbirkorlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan Qo‘qon shahridagi “Aylin tekstil”, Marg‘ilon shahridagi “To‘yona”, Rishton tumanidagi “Fayz akro teks” kabi korxonalar samarali faoliyat yuritmoqda.

Qo‘shtepa tumanidagi “Qo‘shtepa ipak gilamlari” O‘zbekiston – Turkiya qo‘shma korxonasi mahsulotlari ham ichki va tashqi bozorda o‘z xaridoriga ega. 2016-yilda ish boshlagan korxonada 1 milliard 800 million so‘mlikdan ziyod qurilish-rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib, adras, atlas, ipak gilamlari ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.

Korxona mahsulotlari pishiqligi, o‘ziga xos dizayni va jilosi bilan har qanday xaridorni maftun etadi. Zamonaviy dastgohlarda tayyorlanayotgan va milliy hunarmandlik an’analarini o‘zida mujassam etgan “Marmar”, “Zaytun”, “Quyosh”, “Ko‘ngil og‘ochi”, “Yetti tog‘ chechagi”, “Osmon gumbazi” nusxali ipak gilamlarga jahon bozorida ham buyurtma ko‘paymoqda. Ayni kunlarda bu mahsulotlarning Turkiyaga eksporti yo‘lga qo‘yildi. Joriy yilda 350 million so‘mlik mahsulot tayyorlandi.

Bugungi kunda viloyatda turkiyaliklar bilan o‘rmonchilikni rivojlantirish borasida ham hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda. Xususan, Qo‘qon davlat o‘rmon xo‘jaligida Turkiyada yetishtirilayotgan 56 turdagi tezo‘sar terak qalamchalari ekildi. Hududda foydalanilmay bo‘sh turgan yerlar o‘zlashtirilib, 150 gektar maydonda yong‘oqzorlar tashkil etish ishlari boshlab yuborildi. Buning uchun Turkiyadan iqlimga mos, serhosil yong‘oq ko‘chatlari keltiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2018, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют