» » Sirdaryoda sog‘lig‘i yomonlashgan va xonadonda qulflanib qolgan yolg‘iz ayolga yordam ko‘rsatildi

Sirdaryoda sog‘lig‘i yomonlashgan va xonadonda qulflanib qolgan yolg‘iz ayolga yordam ko‘rsatildi


Guliston shahrida sog‘lig‘i yomonlashgan va xonadonda qulflanib qolgan yolg‘iz ayolga yordam ko‘rsatildi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Joriy yilning 22-aprel kuni Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik xizmatiga viloyat Ichki ishlar boshqarmasidan Guliston shahrida yashovchi fuqaro U.V. sog‘lig‘i yomonlashgani va xonadon eshigi qulflanib qolganligini ma’lum qilib, xonadon eshigini ochib berishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Boshqarmaning qutqaruv otryadi tezkorlik bilan ko‘rsatilgan manzilga yetib borib, maxsus anjomlar yordamida balkon orqali xonadonga kirdi va sog‘lig‘i yomonlashgan U.V.ga kerakli yordam ko‘rsatdi, bemor malakali tibbiy yordam olishi uchun shifoxonaga joylashtirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют