» » O‘zbekistonda “Tomorqa xizmati” MChJlar tashkil etildi. Ular fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga mahsulotlarni yetishtirish va sotishda yordam ko‘rsatadi

O‘zbekistonda “Tomorqa xizmati” MChJlar tashkil etildi. Ular fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga mahsulotlarni yetishtirish va sotishda yordam ko‘rsatadi


Barcha qishloq tumanlarida asosiy vazifasi fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va sotishda amaliy yordam ko‘rsatish hisoblangan “Tomorqa xizmati” MChJlar tashkil etildi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

“Tomorqa xizmati” MChJlar quyidagilar orqali fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va sotishda amaliy yordam ko‘rsatadi:

fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga shartnoma asosida zarur moddiy resurslar, shu jumladan, urug‘lar, ko‘chatlar, taralar, texnika va boshqa vositalar yetkazib berish;

yerlarni rekultivatsiya qilish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish;

sug‘orish tizimini yaratish va yaxshilash, suv nasoslari o‘rnatish, artezian quduqlar qazish va tomchilatib sug‘orishni tashkil etish;

ishlab chiqarilgan mahsulotlar va qishloq xo‘jaligi ekinlarini ichki va tashqi bozorlarda sotish, shu jumladan, ularni tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va eksport qilish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi va Kengash bilan birgalikda qishloq tumanlarining ixtisosligidan kelib chiqqan holda “Tomorqa xizmati” MCHJlar faoliyatini samarali tashkil etishda, shu jumladan, bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini belgilangan tartibda ajratish orqali ko‘maklashadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют