» » O‘zbekistonda Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi

O‘zbekistonda Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi


O‘zbekiston Prezidenti qaroriga muvofiq, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi.

Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasidan va Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasidan tegishlicha 350 milliard so‘m hamda 150 milliard so‘m miqdorida ajratiladigan bir martalik beg‘araz moliyaviy yordam;

auksion savdolarida fuqarolarga yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini sotishdan tushadigan tushumning 10 foizi;

Jamg‘armaga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning kreditlari (qarzlari) va grantlari;

Jamg‘armaning daromadlari, shu jumladan, mablag‘larni depozit hisobraqamlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;

Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilar uchun foydalaniladi:

fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga 3 yil muddatga, shu jumladan, 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 2 foizlik bank marjasini hisobga olgan holda yillik 7 foiz stavkada kreditlar berish uchun “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankiga resurslar joylashtirish;

tijorat banklari orqali O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasida 2 foiz bank marjasini hisobga olgan holda “Tomorqa xizmati” MChJ, qishloq xo‘jaligi sohasidagi boshqa ishlab chiqarish, qayta ishlash, tayyorlash, ta’minlash, savdo tashkilotlari hamda lizing kompaniyalariga moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi texnikalari va transportlarini sotib olish, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining issiqxonalarini qurish uchun materiallar va butlovchi qismlar xarid qilishga kreditlar berish;

Jamg‘armani saqlab turish va faoliyatini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash;

aylanma mablag‘larga muhtoj bo‘lgan “Tomorqa xizmati” MChJlarning ustav fondini 25 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda shakllantirish;

fermer, dehqon xo‘jaliklariga va tomorqa yerlarini rivojlantirishga investitsiyalarni jalb qilish hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa yo‘nalishlar.

Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kreditlar hududiy fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari bilan kelishilgan holda beriladi.

Mablag‘larni tijorat banklariga joylashtirish hisobidan olinadigan daromadlarning 30 foizigacha miqdordagi Jamg‘arma daromadlari Kengashni moddiy-texnik hamda moliyaviy jihatdan ta’minlash, shuningdek, uning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun yo‘naltiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют