» » Shvetsiya prokuraturasi Stokgolmda terakt uyushtirgan Rahmat Oqilovni bir umrga qamashni so‘radi

Shvetsiya prokuraturasi Stokgolmda terakt uyushtirgan Rahmat Oqilovni bir umrga qamashni so‘radi


Shvetsiya prokuraturasi o‘tgan yilning aprelida Stokgolmda terakt amalga oshirib, besh kishining hayotiga zomin bo‘lishda ayblanayotgan Rahmat Oqilovni bir umrga ozodlikdan mahrum qilishni so‘radi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“Bir umrga ozodlikdan mahrum qilishdan boshqa jazo istisno etiladi. Oqilov jamoat xavfsizligi uchun tahdid tug‘diradi va hozirgi qarashlarida qolsa kelgusida ham shundayligicha qoladi”, — dedi prokuror Xans Irman.

Uning aytishicha, Rahmat Oqilov IShID tarafida jang qilish uchun Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan.

“Bu rejasi amalga oshmagan. Buning o‘rniga u o‘zi yashayotgan joyda qo‘rquv uyg‘otish haqidagi chaqiriqlarga amal qilgan. Oqilov uchun Shvetsiya IShIDga qarshi kurashda NATOni qo‘llab-quvvatlayotgan joy bo‘lgan”, — dedi prokuror.

Prokuror o‘z chiqishida bir umrlik qamoq jazosi o‘tab bo‘linganidan so‘ng, ayblanuvchini Shvetsiyaga bir umrga kiritmaslik sharti bilan mamlakatdan chiqarib yuborish kerakligini aytdi.

Shvetsiyada bir umrga ozodlikdan mahrum qilish jazosi kamida 18 yil bo‘lib, ushbu muddat tugaganidan so‘ng, mahkum suddan jazoni o‘zgartirish yoki qamoq muddatini kamaytirishni so‘rashi mumkin.

Terakt ishi bo‘yicha sud 13-fevralda boshlangan va 2-mayda tugaydi. Hukm iyunning ikkinchi yarmida o‘qilishi kutilmoqda.

2017 -yil 7-aprelda Stokgolmdagi Drottninggatan ko‘chasida yuk mashinasi odamlar ustiga qarab harakatlangan. Oqibatda besh kishi halok bo‘lgan, 15 kishi jarohatlangan. Ushbu jinoyatni sodir etishda o‘zbekistonlik 40 yoshli Rahmat Oqilov asosiy gumondor hisoblanadi.

Mavzua doir: Stokgolmda terakt uyushtirishda ayblanayotgan o‘zbekistonlik Rahmat Oqilov sudda iqrorlik ko‘rsatmasini berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 94) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют