» » KXDR yetakchisining singlisi Koreyalar birlashuvini tezlashtirishni taklif qildi

KXDR yetakchisining singlisi Koreyalar birlashuvini tezlashtirishni taklif qildi


KXDR yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon Koreya Respublikasi va KXDR yetakchilari o‘rtasidagi muzokaralar chog‘ida ikki Koreyani birlashtirishni tezlashtirishni taklif qildi, deb yozadi “TASS” Koreya Respublikasi prezidenti matbuot kotibi Yun Yon Chxanga tayanib.

“Kim Yo Chjon Koreyalar birlashuvini tezlashtirish kerak, dedi”, — dedi u. Koreya Respublikasi prezidenti matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, Kim Yo Chjonning ushbu gapidan keyin muzokaralar stoli atrofida o‘tirganlarning barchasi ma’qullash tarzida bab-baravar kulgan.

O‘n yildan ortiq vaqt davomida birinchi marta o‘tkazilayotgan koreyalararo sammit Pxanmunjom chegara punktida bo‘lib o‘tmoqda.

Avvalroq KXDR rahbari Kim Chen In va Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In o‘rtasidagi muzokaralarning ertalabki qismi yakunlangani, Shimoliy Koreya yetakchisi Janubiy Koreya hududini tark etgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют