» » Saudiya Arabistoni AQSh, Yevropa va Osiyo uchun mo‘ljallangan neft narxini oshiradi

Saudiya Arabistoni AQSh, Yevropa va Osiyo uchun mo‘ljallangan neft narxini oshiradi


Saudiya Arabistoni mart oyidan AQSh, Yevropa va Osiyoga eksport uchun mo‘ljallangan neft narxini oshiradi. Bu haqda mamlakatning Saudi Aramco davlat neft kompaniyasi manbalariga tayanib, Bloomberg ma’lum qildi, deya xabar beradi "Kommersant”.

Osiyolik xaridorlar uchun neftning yengil turi narxi 30 sentga oshadi. Narxlar AQSh, Shimoli-G‘arbiy Yevropa, O‘rtayer dengizi va Osiyoda sotish uchun mo‘ljallangan neftning barcha turlari uchun ham ko‘tariladi.

O‘tgan yili ham Saudi Aramco Osiyo va AQSh uchun neftining deyarli barcha turlariga narxlarni oshirgandi.

Ekspertlar 2016-yil boshidan neft kotirovkalarining 80 foizga ko‘tarilgani Saudiya Arabistoniga xomashyo bahosini oshirgan taqdirda ham dunyodagi yirik eksportchi maqomini saqlab qolishiga ishonch uyg‘otganini ta’kidlamoqda.


 

Опубликовано: admin (3-02-2017, 12:21)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют