» » “Mening fikrim” portaliga dastlabki onlayn-petitsiyalar joylashtirildi

“Mening fikrim” portaliga dastlabki onlayn-petitsiyalar joylashtirildi


20-aprel kuni ishga tushirilgan “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida dastlabki onlayn-petitsiyalar paydo bo‘ldi. Fuqarolar portal yordamida parlament palatalari va mahalliy (viloyat, tuman va shahar) xalq deputatlari kengashiga murojaat yo‘llashlari, shuningdek, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritishlari mumkin, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Ayni vaqtda portalga to‘rtta murojaat joylashtirilgan:

Eslatib o‘tamiz, apellyatsiya chop etilishi uchun u arizachidan tashqari kamida yana besh kishi tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerak. Murojaat Qonunchilik muammolari instituti va parlament tadqiqotlari ekspertizasidan keyin portalda paydo bo‘ladi.

Ovoz berish jarayoni petitsiya e’lon qilingan kundan boshlab 90 kun ichida bo‘lib o‘tadi. Murojaat Oliy Majlis tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun u kamida 10 mingta ovoz to‘plashi kerak. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashi ko‘rib chiqishi uchun esa — kamida 5000 ovoz, tuman va shahar kengashlari uchun — kamida 1000 ta ovoz to‘planishi kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют