» » Oq uy MRB direktori va KXDR yetakchisining maxfiy uchrashuvi suratlarini e’lon qildi (foto)

Oq uy MRB direktori va KXDR yetakchisining maxfiy uchrashuvi suratlarini e’lon qildi (foto)


AQSh prezidenti ma’muriyati o‘sha vaqtda Markaziy razvedka boshqarmasi direktori lavozimini egallagan Mayk Pompeo va KXDR yetakchisi Kim Chen Inning uchrashuvi chog‘ida olingan suratlarni e’lon qildi, deb yozadi Meduza.

Pompeo mart oxiri — aprel boshida KXDRga maxfiy ravishda tashrif buyurgan, bu haqda OAVlar bir necha kun avval xabar topdi. Oq uy avvalroq Pompeoning Shimoliy Koreyaga safarini izohlamagan edi.

Oq uy rasmiy Twitter’i tomonidan e’lon qilingan suratlarga izoh sifatida Pompeoning Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli hududga aylantirishga qaratilgan “ajoyib ishi” qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq direktori va davlat kotibi lavozimiga nomzod Mayk Pompeo bu yil 1-aprelda nishonlangan katoliklarning Pasxa bayrami kuni KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют