» » Oq uy Trampning Meksikaga Amerika qo‘shinlarini yuborish imkoniyati haqida gapirganini tasdiqladi

Oq uy Trampning Meksikaga Amerika qo‘shinlarini yuborish imkoniyati haqida gapirganini tasdiqladi


Oq uy AQSh prezidenti Donald Tramp Meksika yetakchisi Enrike Penya Nyeto bilan suhbatida chindan ham narkokartellar va noqonuniy muhojirlar bilan bog‘liq muammolarni hal etish uchun Amerika qo‘shinlarini yuborish imkoniyati haqida gapirganini tasdiqladi, deya xabar beradi "Kommersant.ru”.

Oq uy vakiliga ko‘ra, "bu bor-yo‘g‘i Meksika prezidentini hamkorlikka taklif etish” bo‘lgan.

AP agentligi oldinroq ikki prezidentning telefon orqali suhbati matniga tayanib, Tramp "meksikalik harbiylar o‘zlari uddalay olmasa, AQSh qurolli kuchlarini yomon yigitlarga qarshi kurashish uchun jo‘natish bilan tahdid qilgani”ni bildirgandi.

Oq uy o‘shanda bunga izoh bermagan, Meksika TIV esa inkor etib, "muloqot amaliy hamkorlik ruhida kechganini” ta’kidlagandi.


 

Опубликовано: admin (3-02-2017, 12:21)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют