» » Xorazm viloyatida davlat mulki sotuvga chiqarildi

Xorazm viloyatida davlat mulki sotuvga chiqarildi


Davlat xususiylashtirish qo‘mitasi tomonidan Xorazm viloyatida bir necha davlat mulki obyektlarini sotuvga chiqardi, deb yozadi Sputnik.

Xususan, Xorazm viloyatida, “Tex baza” binosining bir qismi, Angarik mahallasida joylashgan eski maktabgacha ta’lim muassasasi binosi, sobiq “Oqdarband” qishloq vrachlik punki, foydalanilmayotgan noturar bino, sobiq “K.Otaniyozov” MMTPning garaj bino va inshootlari sotuvga qo‘yilgan.

Yuqoridagi obyektlar orasida ma’lum shartlar bajarilgan holda “nol” bahoda sotilishi mumkin bo‘lgan obyektlar ham bor.

Savdoda ishtirok etishni istagan yuridik yoki jismoniy shaxslar “Biznes–reja” va takliflarini muhrlangan konvertda Urganch shahar, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 23-uyning 3-qavati 317-xonasida joylashgan Xorazm viloyat hududiy tanlov komissiyasiga taqdim etishlari kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют