» » Samvel Babayan o‘gitlari. Tamoyillar, talablar, prinsiplar, shuningdek, agressiv, vertikal va intellektual futbol haqida

Samvel Babayan o‘gitlari. Tamoyillar, talablar, prinsiplar, shuningdek, agressiv, vertikal va intellektual futbol haqida


O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan “Interfutbol” gazetasi muxbiri Kamoliddin Alimovga intervyu berishga rozi bo‘ldi va suhbat davomida o‘z falsafasi bilan o‘rtoqlashdi.

Jurnalist birinchi navbatda bu suhbatni anchadan buyon kutayotganini tan oldi hamda rozi bo‘lgani uchun Samvel akaga minnatdorchilik bildirdi. Keyin esa muxlis va mutaxassislarda savollar yig‘ilib qolgani haqida aytib, Babayanga o‘z savollarini berdi.

Chindan ham matbuot va muxlislar bilan kam muloqot qilaman. Bu mening aybim.

Terma jamoa haqida ko‘p yozishmoqda va tanqid qilishmoqda. Biroq hech bir fikr chuqur tahlil natijasi emas. Bu holat meni ranjitmoqda. Balki jurnalistlar bilan kam gaplashishim bunga sababdir.

Aslida buning o‘ziga yarasha sabablari bor. Yordamchilarim bilan futbolchilar harakatini doimiy ravishda tahlil qilamiz. Safarlarga ko‘p boraman, bo‘sh vaqt deyarli qolmaydi.

Samvel Babayan, O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi

Ma’lumot uchun, jurnalistlar bilan uchrashishga hamda ularni qiziqtirgan savollarga javob berishga vaqt topayotgan mashhur xorijiy mutaxassislar ham o‘z futbolchilari harakatini doimiy kuzatadi. Shuningdek, ular ham safarlarga borib turadi.

Har bir o‘yin — alohida tarix, yashab o‘tilgan umr. Ana shu shiddatli zamon futbolida bizning tanlagan yo‘limiz, futbol falsafamiz bor.

Birinchi tamoyil — agressiv, ya’ni, tajovuzkor, shuningdek, tezkor, vertikal, hujumkor hamda pressingga asoslangan futbol namoyish qilish.

Ikkinchi tamoyil — yuqori intellektual futbol. Uning ichiga o‘yinni tashkil qilish, futbolchilarning bir-birini yuqori darajada tushunishi, o‘yinning borishiga qarab taktikalarni o‘zgartirish kiradi.

Uchinchi tamoyil — milliy terma jamoa manfaati. Ya’ni, futbolchi o‘z klubi bilan qanday shartnomaga ega bo‘lmasin, terma yig‘ini va o‘yiniga kelganida terma manfaatlarini ustun qo‘yishi shart. Klub manfaati hech qachon termadan ustun bo‘lmasligi kerak!

To‘rtinchi tamoyil — insoniy sifatlar. Bu faqat futbolchilarga taalluqli talab emas. Terma jamoa lageriga qadam bosgan har bir inson bu talab va majburiyatlarga qat’iy tarzda amal qilishi shart. Terma jamoa — bu bir oila.

Samvel Babayan, O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi

Samvel Babayan O‘zbekiston milliy terma jamoasiga shu tamoyillar kerakligini aytgan. Biroq shu asosida futbol o‘ynay olmoqdami yoki yo‘q, aniqlik kiritmagan.

Ha, futbolchilar va yordamchilarimga kezi kelganda jiddiy tanbeh beraman. Lekin bu so‘zlardan hech kim ranjimaydi. Yuqoridagi uchta tamoyilga javob bersa-yu, so‘nggisiga mos kelmasa, biz unday futbolchidan voz kechamiz. Bu oilaning talablari jiddiy.

Keyin men futbolchilarning ayni paytdagi holati bilan hisoblashaman. Shunday vaziyatlar bo‘ladi, futbolchi o‘z klubida yaxshi o‘yin namoyish etmasligi mumkin. Lekin termada aksincha. Bunga Marat Bikmayevni misol tariqasida keltirishim mumkin. U termada ilgari surilgan barcha talabga javob beradi. Ikkita o‘yinda o‘ta muhim golni urdi. Aksincha holat ham bo‘ldi va u klub manfaatini termadan yuqori qo‘ydi.

Samvel Babayan, O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi

Klub manfaatini ustun ko‘rib, terma talablariga qat’iy amal qilmagan Marat Bikmayevga nisbatan jazo ko‘rilgan yoki yo‘qligi aytilmagan. Nima uchun va qaysi holatda klubi uchun harakat qilgani ochiqlanmagan. Marat Bikmayev kabi Babayan tamoyillarini buzib turadigan futbolchilar ham jamoa uchun 2 ta gol ursa, aybi yuvilib ketadimi yoki yo‘q — ma’lum emas.

Biz uchta muhim qadam tashladik. Afsuski, ikki uchrashuvda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdik. Eron va Janubiy Koreyaga qarshi kechgan uchrashuvlarda durang adolatli natija bo‘lardi. Lekin bu o‘yinlarda omadimiz kelmadi. Raqib jamoaning mahorati va tajribasi ijobiy natija ko‘rsatishimizga to‘sqinlik qildi.

Kuchlilar kichik xatoni ham kechirmaydi. Janubiy Koreya termasi bilan o‘yinni bir necha marotaba tahlil qildim. Umumiy o‘yin bo‘yicha yigitlarga jiddiy e’tiroz yo‘q. Faqat ayrim vaziyatlarda konsentratsiyani yo‘qotib qo‘yishdi. Maqsadimiz to‘xtab qolmay, oldinga intilish. Bizni Suriyaga qarshi muhim o‘yin kutib turibdi. Raqib juda ham kuchli. O‘z maydonida Eron va Koreyadan ochko tortib oldi. Suriyani saralash bosqichida o‘tkazgan o‘yinlari orqali o‘rganyapmiz.

Samvel Babayan, O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi

Samvel Babayan Eron bilan o‘yinni ham bir necha bor tahlil qilganmi yoki yo‘q, aniqlik kiritmagan.

Опубликовано: admin (4-02-2017, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют