» » Bo‘stonliq tumanida xotira kuniga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi (foto)

Bo‘stonliq tumanida xotira kuniga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi (foto)


9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekistonda turli xil yo‘nalishlarda ma’naviy-ma’rifiy, vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, Chirchiq shahridan 85 kilometr uzoq masofada joylashgan Chirchiq oliy tank qo‘mondon muhandislik bilim yurtining bir guruh harbiy xizmatchilari tomonidan “Mardlik, burch va sadoqat” shiori ostida Bo‘stonliq tumanining Burchimullo qishlog‘ida ham harbiy tadbir o‘tkazildi.

Harbiy xizmatchilar dastlab, qishloqdagi Ikkinchi Jahon urushida halok bo‘lgan insonlar xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlik majmuasida qishloqning faxriy insonlari bilan uchrashib, Motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘ydi. So‘ng harbiy xizmatchilar 40-sonli maktabga yo‘l oldi.

Maktab hududida bilim yurti tomonidan o‘quv nuqtalari namoyishi bo‘lib o‘tdi. Qurol-aslaha, tog‘ tayyorgarligi maxsus anjomlari hamda bilim yurti muzeyi tomonidan tashkil etilgan ko‘chma ko‘rgazma o‘quvchi-yoshlarni harbiy sohaga nisbatan yanada qiziqishlarini oshirdi, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamladi. Sovet Ittifoqi davrida bilim yurti frontga juda ko‘p harbiy kadrlarni tayyorlab berdi. Hurlik zamonaning farzandlari bo‘lmish o‘quvchilar o‘sha davrda jasorat va qahramonlik ko‘rsatgan harbiylar to‘g‘risida ma’lumot beruvchi muzey eksponatlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.

Harbiylar ishtirokida sinfxonada o‘tkazilgan “Jasorat” darsida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etib, tegishli javoblarni oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют