» » Samarqandda Azim Suyunning 70 yilligi keng nishonlandi

Samarqandda Azim Suyunning 70 yilligi keng nishonlandi


O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoir va jurnalist Azim Suyun Samarqand viloyatining Payariq tumanida tug‘ilib o‘sgan. Shu bois uning 70 yilligi tantanalari avvalo ushbu zaminda keng nishonlandi, deb yozadi O‘zA.

Payariq tumani markazidagi madaniyat va istirohat bog‘ida o‘tkazilgan tadbirda poytaxtdan tashrif buyurgan yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olimlar, minglab payariqliklar ishtirok etdi. Uchrashuvda Azim Suyunning hayoti va ijodiy faoliyati haqida uning safdoshlari, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari va olimlar so‘z yuritdi.

Tuman hokimi A. Jo‘rayev shoirni qutlug‘ yoshi bilan tabrikladi. Shundan so‘ng tadbirlar Azim Suyun o‘qigan 39-umumta’lim maktabida davom etdi.

Madaniy-ma’rifiy tadbirlar 27-aprel kuni Samarqand shahrida davom etdi. Dastlab ijodkorlar shahardagi Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykali poyiga gullar qo‘ydi.

Shundan so‘ng o‘tkazilgan ijodiy kechada Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari R. Qobilov so‘zga chiqib, Azim Suyunni tabrikladi va viloyat hokimligining esdalik sovg‘alarini topshirdi.

O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi I. G‘afurov, O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim, adabiyotshunos olimlar Q. Yo‘ldoshev, S. Umirov va boshqalar serqirra ijodkor Azim Suyun she’riyati, uning jurnalistik faoliyati haqida so‘z yuritdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют