» » O‘zbekiston milliy universiteti professor-o‘qituvchilari Turkiyada safarda bo‘ldi

O‘zbekiston milliy universiteti professor-o‘qituvchilari Turkiyada safarda bo‘ldi


Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari Turkiya oliy ta’lim muassasalarida bo‘lib “Ilmiy, fan va madaniyat festivali” doirasida memorandum imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zMU delegatsiyasining Turkiyaga to‘rt kunlik safari chog‘ida Kafkas universiteti, Istanbul Tijorat universiteti, Fotih Sulton Mexmet universiteti hamda Ibn Xaldun universiteti bilan istiqbolli loyihalar borasida kelishib olindi.

Rejalarga asosan, O‘zbekiston hamda Turkiya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida talabalar va professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yishga, hamkorlikda ilmiy-amaliy konferensiyalar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va boshqa anjumanlar o‘tkaziladi.

Shuningdek, uchrashuvlarda o‘zbek va turk yoshlari o‘rtasida do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, yosh tadqiqotchilarning ilmiy hamkorligini yo‘lga qo‘yish, zamon talablariga mos kadrlar tayyorlash masalasiga e’tibor qaratildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют