» » Andijonda Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan insulin ishlab chiqaruvchi zavod ochildi

Andijonda Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan insulin ishlab chiqaruvchi zavod ochildi


27-aprel kuni Andijonda “Trastbank” moddiy ko‘magida insulin ishlab chiqarish bo‘yicha Zamin Bio Health zavodi ochildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Bank matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bu qandli diabetga chalingan kishilarga insulin ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Markaziy Osiyodagi yagona zavod hisoblanadi.

Loyiha O‘zbekiston prezidentining 2017-yil 2?3-iyun kunlari Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida davlat rahbari topshirig‘i bilan amalga oshirildi. Korxonaning ochilish marosimida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov va “Trastbank” boshqaruvi raisi Sardor Normuhamedov ishtirok etdi.

Korxonada yiliga o‘rtacha 10 million flakon insulin ishlab chiqariladi. Zavod nafaqat O‘zbekiston bozorini mahsulot bilan to‘yintirish, balki uni Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlariga eksport qilishni ham rejalashtirmoqda. Zavodda 100 tadan ziyod yangi ish o‘rinlari ochildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют