» » Xitoylik erkak tomonidan maktabga uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 9 kishiga yetdi

Xitoylik erkak tomonidan maktabga uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 9 kishiga yetdi


Xitoylik erkak Shensi provinsiyasidagi Michji uyezdida joylashgan o‘rta maktabda pichoq bilan hujum uyushtirdi. Hujum oqibatida halok bo‘lgan o‘quvchilar soni 9 kishiga yetdi. Bu haqda CGTN telekanaliga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning yetti nafari qiz bola. Shuningdek, yana o‘n kishi jarohat olgan. Jarohat olganlarning ikki nafari shifoxonada vafot etgan.

Avvalroq halok bo‘lganlar soni 7 kishini tashkil etgani haqida xabar berilgandi.

Ta’kidlanishicha, huquq-tartibot organlari xodimlari jinoyatchini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan. Qo‘lga olingan shaxsning aytishicha, u maktabda o‘qib yurgan kezlarida sinfdoshlari uni tahqirlab kelgan, shu sababli u maktabga hujum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют