» » Toshkentlik ota-ona farzandiga Muhammad Saloh deb ism qo‘ydi (foto)

Toshkentlik ota-ona farzandiga Muhammad Saloh deb ism qo‘ydi (foto)


Yaqinda Farg‘onada yangi tug‘ilgan chaqaloqqa misrlik futbolchiga Muhammad Salohga havas qilinib, uning ismi qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.

“Daryo” tahririyatiga esa Toshkentda ham ota-ona o‘z farzandiga Muhamma Saloh ismini qo‘ygani haqida xabar berildi.

Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi Umirzoqovlar oilasi 29-mart sanasida dunyoga kelgan o‘g‘il farzandiga, Muhammad Saloh ismini qo‘yishadi.

Muhammad Salohning otasi bu ismning qo‘yilishi haqida so‘zlab berdi.

Avval o‘g‘limizga ayolim Muhammad Amin deb ism qo‘yishni taklif etgandi. O‘zim “Manchester Yunayted”ga muxlislik qilaman. Ammo misrlik o‘yinchining o‘yinlari, shuningdek, uning musulmon ekanlig sabab o‘g‘limizga Muhammad Saloh ismini tanladim.

 Fazliddin Umirzoqov, chaqaloqning otasi 

Fazliddinning ta’kidlashicha, Muhammad Saloh oilada 3-farzand. Unda oldin esa opasi hamda akasi bor. Opasining ismi Nafisa bo‘lib, u 7 yoshda. Nafisa esa o‘zbek ayol shaxmatchilari orasida 1-bo‘lib grossmeyster maqomiga erishgan Nafisa Mo‘minovaga havas qilib qo‘yilgan. Ikkinchi farzand esa Saidakbar, u 5 yoshda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют