» » Yaponiyaning Nagoya universiteti o‘zbekistonlik yosh olimlarni doktoranturada o‘qitadi

Yaponiyaning Nagoya universiteti o‘zbekistonlik yosh olimlarni doktoranturada o‘qitadi


?Yaponiyaning Nagoya universiteti vitse-prezidenti, professor Fumio Isodo boshchiligidagi delegatsiya Toshkentdagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga tashrif buyurdi. Bu haqda universitet axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad Nagoya universiteti Osiyo Satelit kampusi loyihasi doirasida o‘zbekistonlik yosh olimlarni PhD doktoranturada masofaviy o‘qitish va Nagoya universiteti doktori ilmiy darajasini berishdan iborat.

Delegatsiya bilan hamkorlik masalasidagi muzokaralarda ToshDO‘TAU rektori Shuhrat Sirojiddinov hamda universitet huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi direktori Nodira Egamberdiyeva, qolaversa, yaponiyalik olimlar Iyiti Imamura, Yuriko Nishizaki ishtirok etdi.

Muzokalar yakunida Nagoya universiteti kelgusi o‘quv yilidan boshlab o‘zbekistonlik 2 nafar yosh olimni doktoranturada masofaviy o‘qitadi va har chorak yakunida tadqiqotchi Yaponiyaga tashrif buyurib, Nagoya universitetida seminarlarda ishtirok etadi, qolaversa, doktorantga biriktirilgan ilmiy rahbar ham O‘zbekistonga tashrif buyurib, ilmiy izlanuvchiga amaliy yordam berishiga kelishildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют