» » Hamrotosh Shodiyeva Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Hamrotosh Shodiyeva Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi


Samarqand viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi boshqaruvining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Samarqand viloyat axborot xizmatiga asoslanib, Sputnik xabar berdi.

O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva ishtirok etgan majlisda tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan.

Marhabo G‘afurova o‘z arizasiga ko‘ra, Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi vazifasidan ozod etildi.

Shu paytgacha Kattaqo‘rg‘on shahar Xalq qabulxonasi mudiri vazifasida ishlab kelayotgan Hamrotosh Shodiyeva Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi etib saylandi.

Shodiyeva Hamrotosh Normurodovna 1959-yil 17-sentabrda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Respublika rus tili va adabiyoti pedagogika institutini tamomlagan. 2014-yilda buyon xalq deputatlari Samarqand viloyati va Kattaqo‘rg‘on shahar kengashlari deputati. 2007-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют