» » Markaziy bank Boshqaruvining qarori bilan Valyuta birjasi faoliyatini litsenziyalash nizomiga o‘zgartirishlar kiritildi

Markaziy bank Boshqaruvining qarori bilan Valyuta birjasi faoliyatini litsenziyalash nizomiga o‘zgartirishlar kiritildi


Markaziy bank Boshqaruvining 2018-yil 25-apreldagi qarori bilan Valyuta birjasi faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi, deb xabar beradi Norma.

Valyuta birjalari chet el valyutasi, davlat qimmatli qog‘ozlari, moliyaviy hosila instrumentlari (derivativlar) oldi-sotdisi hamda ular bilan bog‘liq boshqa birja bitimlari bo‘yicha birja savdolarini tashkil etish sohasidagi mavjud faoliyatdan tashqari banklararo pul bozorini hamda Markaziy bankning tijorat banklari bilan amalga oshiriladigan kredit va depozit auksionlarini tashkil etish bilan shug‘ullanadi.

Ushbu yangi yo‘nalishda ishlash bo‘yicha bo‘linmalarning mavjud bo‘lishi litsenziya talablari va shartlari ro‘yxatiga kiritildi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2018-yil 26-apreldan kuchga kirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют