» » Toshkentda YHXB mashinasi ishtirokida ro‘y bergan YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Toshkentda YHXB mashinasi ishtirokida ro‘y bergan YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi


28-aprel kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida “VAZ-2107” avtomobili Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi boshqaruvidagi Lacetti xizmat mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

“VAZ-2107” haydovchisi fuqaro Orif X. edi. Lacetti YHXB xodimi serjant Murod X. Boshqaruvida edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan ma’lum bo‘lishicha, Lacetti katta tezlikda “VAZ-2107”ning orqasiga urilgan.

YTH oqibatida ikki avtomobil haydovchilari, shuningdek, Lacetti yo‘lovchisi YPX inspektori Farhod O. hamda “VAZ-2107” yo‘lovchilari Sherzod Ch. va Omadbek G. tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.

“VAZ”da bo‘lgan yana ikki yo‘lovchi — 50–60 yosh orasidagi erkak va ayol YTH joyida halok bo‘ldi. Ularning shaxsi aniqlanmoqda.

Voqea yuzasidan tergov olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2018, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 55) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют