» » Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini yillik 14 foiz miqdorida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini yillik 14 foiz miqdorida o‘zgarishsiz qoldirdi


Markaziy bank boshqaruvi 28-apreldagi yig‘ilishda qayta moliyalash stavkasini, iqtisodiyotdagi mavjud va kutilayotgan o‘zgarishlardan kelib chiqib, yillik 14 foiz miqdorida o‘zgarishsiz qoldirishga qaror qildi. Bu haqda regulyatorning rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Iste’mol narxlari o‘sish sur’atlarining sekinlashishiga qaramasdan, inflyatsiya darajasini 2018-yil uchun prognoz ko‘rsatkichlari doirasida bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha xatarlar saqlanib qolmoqda.

Iste’mol baholari indeksi (IBI) usuli bo‘yicha hisoblangan inflyatsiya darajasi 2018-yilning yanvar oyidagi 2,7 foizlik ko‘rsatkichdan so‘ng fevral va mart oylarida 1,1 foizgacha pasayib, prognoz ko‘rsatkichlari doirasida bo‘ldi.

Pul bozoridagi foiz stavkalari qayta moliyalash stavkasiga yaqin darajada tebranib turdi. Bu, o‘z navbatida, banklarning depozit va kreditlar bo‘yicha real foiz stavkalarini ijobiy darajada shakllanishiga xizmat qildi.

2018-yil I choragida pul massasi yil boshidan 1,2 foizga oshib, prognoz ko‘rsatkichlaridan past bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют