» » Beeline salkam 27 milliard so‘m jarimaga tortildi

Beeline salkam 27 milliard so‘m jarimaga tortildi


O‘zbekistonning eng yirik uyali aloqa operatori — Beeline 26,9 milliard so‘m yoki 3,3 million dollar miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Kompaniya Aloqa, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari bo‘yicha davlat inspeksiyasi shikoyatiga asosan jarimaga tortildi. Tegishli qaror 9-fevral kuni Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan qabul qilingan edi. Toshkent iqtisodiy sudi kollegiyasi Unitel kompaniyasining (O‘zbekistonda Beeline brendi sohibi) apellyatsiyani rad etdi. Shu tariqa, operator jarimani to‘laydigan bo‘ldi.

O‘zbekistonda ilk bor hukumatning tegishli qarori asosida 2017-yil oxirida Ucell operatori aloqa sohasidagi standartlar hamda davlat normativ aktlari me’yorlarini buzgani uchun 17 milliard so‘m jarimaga tortilgan edi. Beeline bilan bog‘liq sud tortishuvi ikkinchi holat bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют