» » Ispaniyada bananlar ichidan 9 tonna kokain topildi

Ispaniyada bananlar ichidan 9 tonna kokain topildi


Ispaniya politsiyasi umumiy qiymati 900 million yevrodan oshadigan 9 tonna kokain partiyasini topib, musodara qildi. Bu haqda Yaci News nashri xabar bermoqda.

Politsiyaga yetib kelgan axborotga ko‘ra, kokain Alxesiras shahrida Kolumbiyadan kelgan bananlar ichiga yashirilgan. Mamlakat ichki ishlar vaziri Xuan Ignasio Soidoning aytishicha, olti gumondor hibsga olingan. Ularning to‘rt nafari Ispaniyada, ikki nafari Fransiyaning Lion shahrida qo‘lga olingan.

“Bunday operatsiyalar huquq-tartibot idoralari yaxshi ishlayotganini ko‘rsatadi”, — deb izoh berdi bunga vazir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2018, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют