» » Osiyo Olimpiya Kengashi rahbari shayx Ahmad al-Fahad al-Sabah O‘zbekistonga keldi (foto)

Osiyo Olimpiya Kengashi rahbari shayx Ahmad al-Fahad al-Sabah O‘zbekistonga keldi (foto)


Osiyo Olimpiya Kengashi va Milliy olimpiya qo‘mitalari xalqaro assotsiatsiyasi prezidenti shayx Ahmad al-Fahad al-Sabah bugun tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda MOQ axborot xizmati ma’lum qildi.

Shayx al-Sabahni MOQ Prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov kutib oldi. Tomonlar ishtirokida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida mutasaddilar hamkorlik rishtalarini mustahkamlash, o‘zaro munosabatlarni yanada rivojlantirish, aloqalarini kengaytirish kabi masalalarga to‘xtaldi.

Avvalo, sizni O‘zbekiston zaminida ko‘rib turganimizdan benihoya xursandman. Osiyo sporti rivojlanishida, taraqqiy etishida sizning hissangiz juda katta. Buni biz juda yaxshi bilamiz. Biz o‘zbek sportiga katta reja va maqsadlar bilan kirib kelganmiz. Ana shu rejalarni amalga oshirishda, qolaversa mamlakat sportida islohotlarni olib borishda yordamingizga va qo‘llab-quvvatlashingizga ishonamiz. Yoningizda yelkama-yelka turib, xizmat qilishga ham tayyormiz. Shu jumladan, milliy sportimiz hisoblangan kurashni qo‘llab-quvvatlayotganingiz uchun sizga alohida rahmat. Uni Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritilishida siz va Haydar Farmonning hissasi katta ekanligini juda yaxshi bilamiz. Shu bilan birgalikda, endi kurashni kelgusi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilishida yordam bersangiz, bu biz uchun bir olam baxt bo‘lar edi. Bundan juda ham xursand bo‘lardik. Bu borada sizning ko‘magingizga ishonamiz.

Umid Ahmadjonov, MOQ prezidenti

Siz bilan uchrashib turganimdan xursandman. Ochig‘i, men ham o‘z uyimga keldim deb hisoblayman. Chunki, bu mening O‘zbekistonga ilk tashrifim emas. Bu yerga kelganimda doimo o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi bilan hayron qoldirishadi, bundan juda zavq olaman. Shuning uchun, men O‘zbekistonni o‘zimning ikkinchi uyim deb bemalol ayta olaman. O‘zbek sporti ishonchli va mustahkam qo‘llarda ekanligiga ishonchim komil. Sizning Paralimpiya milliy assotsiatsiyasi boshqaruvida amalga oshirgan ishlaringizni, tashkilotchilik borasidagi mahoratingizni juda yaxshi bilaman. Shu bilan birgalikda, Markaziy Osiyo futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi – CAFA’ga rahbar bo‘lganingizdan ham benihoya mamnun bo‘ldim. Mamlakatingiz sportchilarida salohiyat juda yuqori.Kurash deganda ko‘z oldimga doimo O‘zbekiston mamlakati keladi. Hamkorlikda katta yutuqlarga erishishimizga ishonaman. Ta’kidlab o‘tishni istardimki, siz yosh va g‘ayratlisiz. Hali boshqaruvchi sifatida o‘sishingiz kerak. Faqat O‘zbekiston ichida qolmasdan, xalqaro sport tashkilotlari rahbarlik lavozimlarida mehnat qilib, kelajakda u yerdagi faoliyatingiz orqali O‘zbekiston sportiga foyda keltirasiz deb ishonaman.

 shayx Ahmad al-Fahad al-Sabah, Osiyo Olimpiya Kengashi va Milliy olimpiya qo‘mitalari xalqaro assotsiatsiyasi prezidenti

Suhbat davomida shayx al-Sabah Umid Ahmadjonovni 13—15-may kunlari Shveysariyaning Lozanna shahriga taklif etdi. Uchrashuv yakunida martabali mehmonlarga O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi nomidan esdalik sovg‘alarini topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют